Vengriya Ukrainani Yevroittifoqqa G‘arbiy Bolqon davlatlaridan oldin qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi, chunki ular hamjamiyatda ishtirok etishga ancha yaxshi tayyor.
Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Budapeshtda Chernogoriya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi va Yevropa ishlari bo‘yicha mas’ul Filip Ivanovich bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Siyyartoning ta’kidlashicha, "Ukraina Yevropaga a’zo bo‘lishni ikki yildan oshiq vaqtdan buyon kutmoqda", ammo ayrim G‘arbiy Bolqon davlatlari bu jarayonda o‘n yildan ziyod vaqt davomida ishtirok etib kelmoqda.