Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Bir yoshga to‘lmagan bolalarga pasport olinganini eshitganmisiz?

A A A
Bir yoshga to‘lmagan bolalarga pasport olinganini eshitganmisiz?

2019 yil 1 yanvardan boshlab  fuqarolarning xorijga  chiqish  biometrik  pasportini  rasmiylashtirish  va  berish  tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bunda  xorijga  chiqish biometrik pasporti har qanday davlatga amal qiladi.

Bugun ushbu yangi pasportning qulaylik va afzalliklari nimada  ekanligidan  fuqarolarni xabardor qilish masadida Migrasiya va fuqarolikni rasiylashtirish  bo‘limi xodimi Doniyor Mirazimov bilan suhbatlashdik.

26.12.2018 PQ-4079-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish joriy qilindi. Bu pasport xorijga chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega bo‘lgan hujjatdir. 2019 yil 1 yanvardan boshlash xorijiy davlatlarga chiqish pasportlariga rasmga tushib uni  rasmiylashtirish ishlari boshlangan. Ushbu pasportga ega bo‘lish uchun fuqarolar doimiy yashash joyidagi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga  murojaat qilish   kerak.  Agar xorijga kemoqchi bo‘lgan fuqaro 17 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lsa harbiy bo‘limdan ma’lumotnoma (harbiy xizmatga majburlar uchun) taqdim qilinishi talab etiladi.

Xorijga chiqish biometrik pasportlarini boshqa pasportlardan ajratib olish osonroq  bo‘lishi uchun rangi to‘q qizil tusda bo‘lish belgilangan. Chegaradan o‘tilayotganda pasport muhrlar bilan tezda to‘lib qolmasli uchun viza varoroqlari 48 betdan iborat.

Xorijga chiqish biometrik pasportlarining qulayliklari nimada?

— Bu pasportning qulaylik tomonlari shundaki, avvallari  O‘zbekistonda xorijga chiqish stikerlari (ovir) ikki yil muddatga berilar edi. Xorijda ishlaydiganlar muddat tugaganda stikerni qayta yangilash uchun O‘zbekiston kelib ketishar edi,   2019 yil 1 yanvaridan boshlab ikki yillik OVIR stikerlari berish bekor qilindi. Endilikda fuqarolarga qulayliklar taqdim etish masadida  ushbu  pasportlar orqali10 yil muddatga xorijiy davlatlarga chiqish yurish imkoni berilyapti. Shuningdek, Yangi biometrik pasport xorijga chiquvchi voyaga yetmagan bolalarga ham berilyapti, tug‘ilgan davrdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 yil muddatga, 1 yoshdan 16 yoshgacha  5 yil muddatga  berish belgilangan.

Yosh  bolasi bor fuqarolar  farzandining  pasport muddati tugasa yana qayta kelib rasmiylashtirishga to‘g‘ri kelar ekanda?

Yosh bolalarning katta  bo‘lish jarayonida  yuz tuzilishidagi o‘zgarishlar juda tez bo‘ladi, 2 yil yoki 5 yil ichida bola  sezilarli  darajada o‘zgarishi mumkin,  qisqa muddat berilishining sababi  ham aynan shunda.

Yangi xorijga chiqish biometrik pasportga barmoq izlari va pasport egasining fotosurati joylashtiriladi, biroq,  doimiy propiska va nikoxdan o‘tkanligi qayd etilmaydi.  O‘zbekistonning milliy  pasporti fuqaroning o‘ziga qaytarib berildi. Xozirgi kunda  xorijiy davlatlarga chiqishda qizil  pasport olish majburiy emas.  2021 yilning 1 yanvariga qadar  milliy pasportlardan foydalanish mumkin, u ham bo‘lsa vizasiz davlatlarga. 2021 yil 1 yanvardan keyin xorijga chiquvchilarning barchasi yangi biometrik pasport olishlari shart.

Xorijga chiqish pasportiga qancha muddatda ega bo‘lish mumkin?

Davlat boji to‘lanadi,  so‘ng rasmga tushgan kundan boshlab  10 ish kuni davomida  ko‘rib chiqilib tayyor xolatga kelinadi. 10 ish kuni kalendar hisobtida  12-13 kunga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 120 foizini tashkil qiladi.16 yoshdan kattalarga davlat boji 267 600 so‘m, tug‘ilgan vaqtdan boshlab  16 yoshgacha  bo‘lganlarga 178 400 so‘m etib belgilangan.

Chet elda yashayotgan fuqaro xorijga chiqish uchun beriladigan  biometrik pasportni xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston elchixonasidan  ham olsa bo‘ladi?

Hamma emas, faqat O‘zbekistondan doimiy  ro‘yxatidan o‘chib, xorijda konsullik ro‘yxatida turgan fuqarolargagina mumkin.

Kiritildi: 18:46 29.04.2021. O'qildi: 7850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!