Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Bir nechta fuqaroni katta pulga chuv tushirgan buxorolik Julyetta

Bir nechta fuqaroni katta pulga chuv tushirgan buxorolik Julyetta

Ichki ishlar organlariga Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro, 61 yoshli D. R.dan ariza kelib tushdi. U o‘z murojaatida X.Julyettaga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, X.Julyetta D.R.ning o‘g‘lini Koreyadagi avtozavodlardan biriga ishga joylab qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollarini olib, va’dasini bajarmagan.

"Xabar" nashrining ma’lumot berishicha, tergov ishlari davomida asli Buxoro viloyatida yashovchi 55 yoshli fuqaro hech qayerda ishlamasligi va fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish vakolati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, gumonlanuvchi D.R.dan olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini tan olgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumondorning xuddi shu turdagi yana boshqa jinoyatlarga ham aloqasi borligi aniqlandi. Jumladan, X.Julyettaning va’dasiga uchgan yana olti nafar shaxs ayni vaqtda ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Jabrlanganlar orasida Toshkent shahridan tashqari, Navoiy va Buxoro viloyatida yashovchi fuqarolar ham bor. Gumonlanuvchidan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori 9 ming AQSh dollarini tashkil etgan.

Kiritildi: 12:14 12.08.2018. O'qildi: 2198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!