Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida salkam 920 mln so‘m talon-toroj qilindi

A A A
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida salkam 920 mln so‘m talon-toroj qilindi

«O‘quv ta’lim-ta’minot» DM va «Smart Sales Leader» MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, jamiyat tomonidan yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha elektron vositalar yetkazib berilmagan.

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Agentlik tomonidan 2023 yil davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi «O‘quv ta’lim-ta’minot» davlat muassasasi tomonidan «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida respublika byudjeti hisobidan xarid qilingan kompyuter va boshqa vositalarning tavsiya etilgan texnik topshiriqlarga muvofiqligi hamda moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Etkazib berilgan kompyuterlarning texnik xususiyatlari o‘rganilganida shartnomada ko‘rsatilgan talablar to‘liq bajarilmagani aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar mas’ul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, «O‘quv ta’lim-ta’minot» DM va «Smart Sales Leader» MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, jamiyat tomonidan yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha elektron vositalar yetkazib berilmasdan, jami 919 mln 360 ming so‘m miqdordagi byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Holat yuzasidan Departamentning Toshkent shahar bo‘limi tomonidan «O‘quv ta’lim-ta’minot» DM va «Smart Sales Leader» MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi hamda 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:00 12.03.2024. O'qildi: 1609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!