Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bir chetda to‘xtab turgan "Malibu"ga tezlikni oshirdingiz, deb jarima keldi. Nega?

Bir chetda to‘xtab turgan "Malibu"ga tezlikni oshirdingiz, deb jarima keldi. Nega?

Joriy yilning 18 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi ayrim sahifalarda “Yo‘lni bir chetida to‘xtab turgan Malibuga tezlikni oshirdingiz deb jarima kelibdi?” sarlavhasi ostidagi fotosurat tarqatildi.

Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Tekshiruv jarayonida, “Malibu” rusumli, davlat raqam belgisi 10 M 869 RA bo‘lgan transport vositasi joriy yilning 8 may kuni M39 “Almata-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining 838 kilometrida, tezlik 70 km/soat qilib belgilangan hududda 77 km/soat tezlik bilan harakatlangan vaqtida “Neksiya-3” rusumli transport vositasiga o‘rnatilgan, Germaniyada ishlab chiqarilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamasi yordamida qoidabuzarlik aniqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “To‘xtab turgan avtomobilga jarima belgilandi” sarlavhasi asosiz bo‘lib, ushbu “Malibu” rusumli transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda, qarama-qarshi yo‘nalishda o‘rnatilgan, faqatgina harakatdagi avtomobil tezligini o‘lchovchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamasi yordamida avtomobil tezligi aniqlangan. “Malibu” harakatlanib kelgan yo‘nalishda 5.43. – “RADAR” Axborot-ko‘rsatgich yo‘l belgisi o‘rnatilgan.

Kiritildi: 15:20 19.05.2020. O'qildi: 6754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!