Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bin Ladenning o‘g‘li Fransiyadan deportasiya qilindi

Bin Ladenning o‘g‘li Fransiyadan deportasiya qilindi

Fransiya "Al-Qoida" guruhi asoschisi Osama bin Lodinning o‘g‘li Umar bin Lodenni o‘z hududidan deportasiya qildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Bruno Retayloning bayonotiga tayanib, Reuters nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Umar bin Lodin yillar davomida Fransiyaning shimoliy qismidagi Normandiya mintaqasining Domfort qishlog‘ida istiqomat qilib, u yerda manzaralar chizish bilan shug‘ullangan. Mahalliy "Le Publicateur Libre" haftalik gazetasining xabar berishicha, eng mashhur terrorchining o‘g‘li otasining tug‘ilgan kunida ijtimoiy tarmoqda qilgan e’loni tufayli Fransiya hokimiyati organlarining e’tiborini o‘ziga jalb etgan.

"Bir necha yil davomida Orn mintaqasida Britaniya fuqarosining eri sifatida yashagan janob bin Laden 2023 yilda o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida terrorizmni ulug‘lovchi sharhlarni e’lon qilgan," - dedi Retaylo.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bin Laden allaqachon Fransiyadan deportasiya qilingan va endi unga bu mamlakatga qaytish taqiqlangan. Bin Laden qachon va qaysi davlatga deportasiya qilingani aniq emas.

Kiritildi: 16:44 08.10.2024. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!