Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Bilayn" abonentlari soxta aksiya tufayli 1 mlrd so‘mdan ayrildi

"Bilayn" abonentlari soxta aksiya tufayli 1 mlrd so‘mdan ayrildi

O‘zbekiston Respublikasi  Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi “Beeline Uzbekistan” mobil operatori abonentlarga “G‘olib bo‘l va yutib ol!” aksiyasi bo‘yicha soxta reklama orqali iste’molchilarga noto‘g‘ri  ma’lumot berganligi uchun “ViaMobi” MCHJga nisbatan qarshi ish qo‘zg‘atdi

Xususan, aksiya ishtirokchilari – iste’molchilar  so‘roviga binoan ularning telefon raqamlariga “Sizning  telefon raqamingiz 100 000 000 so‘mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! Xizmatga obuna bo‘lish narxi kuniga 1999  so‘m” kabi mazmundagi SMS-xabar yuborilgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan yuborilgan so‘rovni  “ViaMobi” MCHJ batafsil o‘rganib chiqqanidan so‘ng mazkur aksiyada ishtirok etishga e’tiborni jalb qilish uchun tanlangan Abonentlar guruhiga SMS-xabar yuborilganligini tan oldi. Matnni moslashtirish (tarjima qilish) jarayonidagi xato tufayli xabarning ma’nosi o‘zgarib ketgan. Natijada abonentlar “Siz g‘olib bo‘lishingiz mumkin” o‘rniga  (Hisobni to’ldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning %msisdn% raqamingiz 100 000 000 so’mlik super yutuqning ehtimoliy sohibi sifatida tanlandi! SMS orqali 3 sonini  6767 ga yuboring! Xizmatga obuna bo’lish narxi 1999 so’m/kun. Ma’lumot: http://win.beeline.uz)”, “Sizning raqamingiz aksiya g‘olibi deb tanlandi» (Hisobni to’ldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning ****** raqamingiz 100 000 000 so’mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! 3 sonini 6767 raqamiga SMS yuboring! Xizmatga obuna bo’lish narxi 1999 so’m/kun. Ma’lumot: http://win.beeline.uz)”  mazmunida yuborilgan noto‘g‘ri matnni olganlar.

Ushbu reklama aksiyasida  749 ming iste’molchi ishtirok etgan bo‘lib, joriy yilning mart oyi holatiga umumiy daromad miqdori 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan “ViaMobi” MCHJ tomonidan taqdim etilgan reklama beruvchiga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atildi.

“Iste’molchilar huquqlarini  himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

"Mazkur holatni  ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz.

Iste’molchilar diqqatiga –  G‘olib bo‘l va yutib ol!” aksiyasi  ishtirokchilari noto‘g‘ri reklama natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi to‘g‘risida Agentlik va “ViaMobi” MCHJga murojaat qilishingiz so‘raladi", deya bayonot beradi agentlik.

Kiritildi: 17:51 21.05.2020. O'qildi: 3700 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!