Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, universitetning ta’lim jarayonini tashkil etishda Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan “Cintana Education” kompaniyasi hamkorlik qiladi. Ushbu kompaniya 2024–2030 yillarda 30 million dollar va 2030–2035 yillarda 20 million dollar sarmoya kiritadi. Shuningdek, investisiyalarning kamida 50 foizi universitetning moddiy-texnik bazasini shakllantirishga sarflanadi.
Yangi universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti bo‘lib, o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlaydi. Qabul parametrlari va shartnoma miqdori universitet tomonidan belgilanadi.
Bitiruvchilarga Arizona shtat universiteti yoki AQShda tan olingan hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasi diplomi beriladi. Bunda berilgan diplom O‘zbekistonda tan olinadi
Universitetda qo‘shma ta’lim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Yangi universitet o‘zining o‘quv, uslubiy va texnologik yordami bilan Arizona shtat universitetini hamkor sifatida jalb qiladi.
Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino-inshootlar unga biriktirilgan hudud bilan birgalikda “Cintana Education” kompaniyasiga (AQSh) Universitetni tashkil etish uchun 49 yil muddatga ijaraga adi. 2025 yil 1 sentyabrga qadar Universitet kampusini qurish uchun Toshkent shahri hududidan zarur yer maydonining belgilangan tartibda ajratiladi.