Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu dushanba kuni Oq uyga tashrif buyurib, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
“Agar tashrif rejalashtirilganidek davom etsa, Netanyaxu bojlarni bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Tramp bilan shaxsan uchrashgan birinchi xorijiy yetakchi bo‘ladi”, — deyiladi portal maqolasida.
Liderlar Eron yadroviy inqirozi va G‘azodagi urushni ham muhokama qilishi kutilmoqda.