Benindagi isyonchi harbiy kuchlar prezident qarorgohini egallab olishga urindi.
Bu haqda Jeune Afrique nashri xabar bermoqda.
Avvalroq harbiylar milliy televideniye orqali prezident lavozimidan chetlashtirilgani va davlat institutlari tarqatib yuborilgani haqida xabar bergan edi.
AFP ma’lumotlariga ko‘ra, Benin prezidenti Patris Talon davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida xavfsiz va armiya nazoratni qayta qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda.
Benin tashqi ishlar vazirining Reuters agentligiga aytishicha, davlat to‘ntarishiga urinish kichik bir guruh harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilgan, armiyaning ko‘pchiligi sodiq qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat to‘ntarishi tashabbuskorlari faqat davlat televideniyesi nazoratini qo‘lga olgan, signal bir necha daqiqaga uzilib qolgan.
Biroq, bir guruh harbiy kuchlarning Beninda hokimiyatni egallab olishga urinishi bostirildi. Hokimiyatni egallab olishga urinish Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan bartaraf etildi. Isyonchilar hibsga olindi, konstitusiyaviy tuzum tiklandi.