Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Qatardagi muzokaralarda G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lsa, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu koalisiyasidan chiqish bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ben-Gvir kelishuvni “Xamasga xavfli taslim bo‘lish” deb atadi va uning bu harakati bitimning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilganini aytdi.
U G‘azodagi yuzlab isroillik askarlarning o‘limi bejiz ketmasligi uchun harbiy kampaniyani davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Ben-Gvirning pozisiyasida bo‘lgan moliya vaziri Bezalel Smotrich ham kelishuvga qarshi chiqdi, ammo hukumatni tark etish bilan tahdid qilishdan bosh tortdi. Smotrich XAMAS to‘liq mag‘lub bo‘lgunga qadar harbiy harakatlarni davom ettirishga chaqirdi.
Ayni paytda AQSH, Qatar va Misr vositachiligidagi muzokaralar davom etmoqda va rasmiylar yaqin orada kelishuvga erishish mumkinligini aytishmoqda.
Isroildagi so‘rovlar mahbuslarni tezroq ozod qilishga qaratilgan kelishuvni keng qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatmoqda.