Bugun 17 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Bemor tanasida operasiya payti bint qolib ketganligi haqidagi xabarlar rostmi? SSV ma’lumot berdi

Bemor tanasida operasiya payti bint qolib ketganligi haqidagi xabarlar rostmi? SSV ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik 4 yoshli bemor bola tanasida operasiya payti bint qolib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Tinchlik mahallasida yashovchi 2018 yilda tug‘ilgan K.A.ga 2020 yil 12 martda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan “O‘ng tomonlama chov yorg‘oq churrasi” tashxisi qo‘yilgan. Shundan so‘ng bemor mazkur muassasada malakali jarroh A.O. tomonidan muvaffaqiyatli operasiya qilingan.

Amaliyotdan so‘ng K.A.da jarohatlar asoratsiz bitgan va operasiyadan 5 kun o‘tib, uyiga ruxsat berilgan. Videolavhadagi bemor tanasida operasiya chog‘ida bint qolib ketganligi to‘g‘risidagi vajlar esa haqiqatga zid. Qolaversa, o‘sha vaqtda bolaning ota-onasi tomonidan tibbiyot muassasasiga jarrohlik amaliyoti yuzasidan hech qanday e’tiroz bo‘lmagan.

Endi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhadagi yana bir holatga to‘xtalamiz. Yuqorida aytganimizdek, avval bajarilgan operasiya bolaning chap chov sohasida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan va amalaiyotdan so‘ng asoratlar kuzatilmagan.

Biroq vaqt o‘tishi bilan bemorning boshqa nuqtasi, ya’ni o‘ng tomonlama chov yorg‘oq churrasida xastalik yuzaga kelgan. Videolavhada xuddi shu manzara tasvirlangan.

Shu bois K.A. joriy yil yana jarrohlik amaliyotiga muhtojligi tufayli 25 oktyabr kuni viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga davolanish uchun yotqizildi. Yakuniy tibbiy tekshiruvlardan so‘ng u 27 oktyabr kuni onasining iltimosiga ko‘ra, avvalgi jarrohlik amaliyotini bajargan malakali shifokor A.O. tomonidan operasiya qilindi. Ayni paytda bolaning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazorati ostida tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, tibbiyot xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘siga putur yetkazish maqsadida bunday yolg‘on va noxolis ma’lumotlarni e’lon qilish nafaqat qonun talablari, balki axborot yetkazish etikasiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli vazirlik mazkur asossiz xabarni tarqatish holati yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qiladi.

Kiritildi: 15:16 28.10.2022. O'qildi: 3216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!