Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bemor bo‘lganda bajariladigan 4 amal

Bemor bo‘lganda bajariladigan 4 amal
  1. Dard ham, shifo ham Allohdan ekaniga qat’iy ishonchda bo‘lish.

"Kasal bo‘lganimda, Uning O‘zi menga shifo berur" (Shuaro surasi, 80-oyat).

 

  1. Dardga shifo izlash.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Davolaninglar! Alloh azza va jalla qaysi bir dardni bergan bo‘lsa, uning shifosini ham bergan”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

 

  1. Gunohlar mag‘firat qilinishiga umid qilish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonga qay bir musibat – horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am – g‘ussami, hattoki tikan kirishimi yetadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

  1. Ushbu duoni o‘qish.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida:

“Bismillahil Kariym, a’uzu billahil a’ziym, min sharri kulli hirqin nahhar va min sharri harrin nar”

“Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman. Ulug‘ Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning va do‘zax o‘tining yomonidan panoh tilayman”, deb aytishni o‘rgatganlar (Imom Ibn Sunniy rivoyati.)

Manba: muslim. uz

Kiritildi: 22:15 13.08.2019. O'qildi: 2579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!