"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem yil yakunida eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan "Golden Boy" mukofotini qo‘lga kiritdi.
Bu haqda tadbir tashkilotchilari matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 20 yoshli yarim himoyachi 4 dekabr kuni o‘zining munosib sovrinini oladi.
Aytish joizki, Bellingem o‘tgan yozda Dortmundning "Borussiya" jamoasidan ko‘chib o‘tgan "Qirollik klubi" bilan bu mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. Yarim himoyachi barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Madridning “Real” klubi ayni damda La Liganing 13-turidan so‘ng 32 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.