Telekanalning xabar berishicha, 17 dekabrdan 18 dekabrga o‘tar kechasi Belgiyaning Jenap shahridagi “Napoleonning so‘nggi qarorgohi” muzeyi talon-toroj qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki nafar jinoyatchi muzey binosiga deraza orqali kirgan. Ichkarida ular eksponatlarni olish uchun bir nechta vitrinalarni sindirgan.
Muzey kolleksiyasidan, jumladan, 18 karatli oltindan yasalgan va beshta brilliant bilan bezatilgan Napoleon Bonapartning uzugi g‘oyib bo‘lgan. Shuningdek, o‘g‘irlangan ashyolar orasida Napoleon hukmronligi davriga oid oltin va kumush tangalar ham bor.
O‘g‘irlangan buyumlarning taxminiy qiymati ochiqlanmagan. Belgiya prokuraturasi mazkur holat yuzasidan tergov harakatlarini boshladi.