Belgiya Markaziy Osiyo, ayniqsa Trans-Kaspiy yo‘lagini o‘zining muhim strategik hududi sifatida ko‘rmoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mintaqaning geosiyosiy ahamiyati va kutilayotgan iqtisodiy o‘sish Belgiyani bu yerga yanada yaqinlashtirmoqda.
Elchixonalar tarmog‘ini qayta ko‘rib chiqish jarayonida mamlakat 8 ta elchixonasini yopib, 5 ta yangi diplomatik missiya ochmoqda. Ulardan biri — Toshkentda.