Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Belgiya korrupsiya va pul yuvish bilan bog‘liq jinoyatlar doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarishni rejalashtirmoqda

Belgiya korrupsiya va pul yuvish bilan bog‘liq jinoyatlar doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarishni rejalashtirmoqda

"BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha konvensiyasiga asoslangan rasmiy xalqaro murojaat asosida, O‘zbekiston hukumatining iltimosi bilan Belgiyada jami 200 million dollar musodara qilindi", deyiladi Bryussel prokuraturasi bayonotida.

Belgiya sudi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasida shu turdagi aktivlarni bo‘lishish to‘g‘risidagi qoidalariga asoslanib, musodara qilingan pul va uning hisoblangan foizlarini Belgiya va O‘zbekiston o‘rtasida taqsimlanishi haqida qaror chiqargan. Sud O‘zbekiston tomoniga 108 million dollar berishga qaror qilgan.

Belgiya rasmiylari ushbu mablag‘lar qaysi jinoyat ishi doirasida hamda kimlardan musodara qilinganiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora Karimova boshchiligidagi jinoiy guruhning Belgiyada ham aktivlari borligini va ularni qaytarish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 13:09 03.04.2025. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!