Rossiya Federasiyasining Belarusdagi elchisi bugungi kunda Rossiya va Belarus o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani, barcha sohalarda umumiy makonni shakllantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni faol rivojlantirish davom etmoqda.
"Ittifoq davlati hech qachon to‘siqlar o‘rnatmagan va o‘zini o‘zi yopmagan. Moskva va Minsk deyarli barcha xalqaro masalalarda yagona pozisiyani egallaydi, ko‘p tomonlama platformalarda bir-birini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi", - dedi Boris Grizlov.