Zelenskiy bu haqda Ukraina Oliy harbiy qo‘mondonligi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi zarbalarda qo‘llayotgan uskunalar Belarusning chegaraga yaqin aholi punktlaridagi turar joy binolarida ham joylashtirilgan.
"Belarusning Ukraina chegarasiga yaqin hududlaridagi oddiy aholining 5 qavatli uylari tomlarida Rossiya harbiylarining antennalari va boshqa uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular Shahed dronlarini mamlakatimizning g‘arbiy hududlaridagi ob’ektlarga yo‘naltirishga yordam bermoqda", — dedi Zelenskiy.
U vaziyatni G‘arbdagi hamkorlari bilan muhokama qilishga va birgalikda javob choralarini tayyorlashga va’da berdi.