Belarus bojxonachilari katta miqdorda portlovchi moddani qo‘lga oldi.
Polshadan Belarusga kelayotgan mikroavtobus ichidan 580 kg portlovchi modda topildi.
Sariq rangli yumshoq plastik ko‘rinishidagi modda katta ehtimollik bilan AQShda ishlab chiqarilgan. U shovqin izolyasiyasi va fanera plitalari ostiga mohirlik bilan yashirilgan. Itlar topib olmasligi uchun kuzovga texnik moylash vositalari bilan ishlov berilgan.
41 yoshli furgon haydovchisi yukni Rossiyaga olib o‘tishni rejalashtirgan. U 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Bu Belarus bojxonasi tarixida qo‘lga olingan eng yirik portlovchi modda partiyasi bo‘ldi.