Bekzod Shamshiyev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani prokurori etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi. Tayinlovga qadar Bekzod Shamshiyev Yakkasaroy tumani prokurori o‘rinbosari bo‘lgan.
U prokuror lavozimida ishlagan, yaqinda tuman hokimi etib tayinlangan Nilufar Allabergenova o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, 2019-yildan beri Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan Nilufar Allabergenova joriy yilning oktyabr oyida tuman hokimi bo‘lgan edi.