Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlari hududida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

A A A
Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlari hududida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning ayrim tumanlarida 30 noyabr kuni elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar beradi “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 30 noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Bektemir tumani — “Gulbog‘” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — “Sho‘rtepa” hamda “SH.Burxonov” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Sergeli tumani — “Yuqori Darxon” MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.

Ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Kiritildi: 10:15 30.11.2023. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!