Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikasiya qilindi

Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikasiya qilindi

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga  xabariga ko‘ra, Xalqaro boks federasiyasi (AIBA)ning bergan rasmiy xabarnomasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev to‘rt yil muddatga diskvalifikasiya qilindi.

Sportchi 2020 yil 16 fevraldan boshlab 2024 yil 15 fevralga qadar barcha sport musobaqalarida (milliy va xalqaro chempionatlar, turli o‘yinlar v.x.k) ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

Alohida ta’kidlab o‘tish lozim, 2020 yil 16 fevraldan boshlab musobaqalarda olgan barcha medallari va reyting ochkolari bekor qilindi. Shu bilan birga, Butunjahon antidoping kodeksiga ko‘ra, B.Meliqo‘ziyevning professional boksda chiqishlarini davom etishi yoki etmasligi tegishli Xalqaro professional boks tashkilotining qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Agar ruxsat beradigan bo‘lsa, diskvalifikasiyasi tugagungga qadar faqatgina professional boksda jang o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Bektemirdan olingan doping-sinamasida “furosemid” taqiqlangan moddasi aniqlangan bo‘lib, u 2018 yil 28 fevraldan boshlab 2020 yil 27 fevralgacha 2 yillik diskvalifikasiya bilan jazolangandi. Sportchi tomonidan keyingi antidoping qoidalari buzilishi dastlabki belgilangan jazo muddati ichida, ya’ni 2019 yil 30 sentyabrda sodir etilib, unda ADAMS tizimida bokschining o‘zi kiritgan manzili bo‘yicha yetib kelishgan doping-nazoratchilari ko‘rsatilgan manzilda bokschi bo‘lmaganligi uchun undan rejali doping-sinamani olisholmagan. Xuddi shu vaziyat yana ikki marotaba – 2019 yil 21 oktyabr va 2020 yil 16 fevral kunlari takrorlangan.

Butunjahon antidoping kodeksining 2.4-moddasiga asosan, bu turdagi antidoping qoidabuzarlik uchun 2-yillik diskvalifikasiya jazo chorasi qo‘llanilgan. Lekin keyingi antidoping qoidabuzarlik avvalgi antidoping qoidabuzarlik uchun belgilangan muddat ichida sodir etilgan bo‘lsa, bunda keyingi antidoping qoidabuzarlik muddati ikki baravar ko‘paytiriladi. Shu sababli, Meliqo‘ziyevga jami 4-yillik diskvalifikasiya belgilandi.

Kiritildi: 15:15 04.05.2021. O'qildi: 6857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!