“RIA Novosti”ning xabar berishicha Aleksandar Vuchichning samolyoti allaqachon Moskvaga yetib borgan.
Belgraddan yo‘lga chiqqan Vuchichning samolyoti yo‘lda Ozarbayjonga majburiy qo‘nishga majbur bo‘lgan. Tanjug agentligi va RTC telekompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Bokuga qo‘nishning sababi harbiy harakatlar tufayli Moskvaga parvoz qilish uchun ruxsatnoma bo‘lmaganidir.
“TASS” agentligi esa manbasiga tayanib, Bokudagi to‘xtash samolyotga yonilg‘i quyish uchun avvaldan rejalashtirilganini bildirdi.
7 may tongida Moskvadagi aeroportlar dron hujumlari fonida samolyotlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgan edi. Ko‘plab aviakompaniyalar o‘z reyslarini bekor qildi yoki zaxira aerodromlarga yo‘naltirdi.
Avvalroq Latviya, Litva va Estoniya Serbiya prezidentining samolyotiga o‘z havo hududidan o‘tishga ruxsat bermagani xabar berilgan edi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Moskvadagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligini nishonlash marosimiga kelishi rejalashtirilgan 29 davlat rahbaridan biridir.