Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

BBC: Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichida Tramp tarafdori va millatchi Jorje Simion g‘alaba qozondi

BBC: Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichida Tramp tarafdori va millatchi Jorje Simion g‘alaba qozondi

“Ruminlarni birlashtirish alyansi”ning 39 yoshli yetakchisi Jorje Simion 40,5% ovoz to‘pladi. Simion agar saylovda g‘alaba qozonsa, saylovdan chetlatilgan va Rossiyaga moyil nomzod Kelin Jordjeskuni hukumatga qaytarishi mumkinligini aytgan. Aynan Jorjesku sababli oldingi saylovlar bekor qilingan edi.

Simion Ukrainaga yordam ko‘rsatishga qarshi, ammo o‘zining rossiyaparast ekanini rad etadi. U Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralagan va Putinni “harbiy jinoyatchi” deb atagan. Siyosatchi Moldovaning Ruminiyaga qo‘shilishi tarafdori. U Ukraina va Moldovada “persona non grata” deb e’lon qilingan.

99% ovozlar hisob-kitobiga ko‘ra 18 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi turida Simion prezidentlik uchun Buxarest meri, markazchi Nikushor Dan bilan bellashadi. Hukmron koalisiya nomzodi Krin Antonesku esa birinchi turda uchinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 11:19 05.05.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!