Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

BBC: G‘azoda Isroil zarbasi natijasida HAMAS rahbariyati a’zosi o‘ldirildi

BBC: G‘azoda Isroil zarbasi natijasida HAMAS rahbariyati a’zosi o‘ldirildi

Isroil armiyasi yakshanba kuni kechqurun Xan-Yunusdagi Nosir shifoxonasiga havo zarbasini amalga oshirdi. Hujum natijasida HAMAS rahbariyati a’zosi Ismoil Barhum va uning yordamchisi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC'ga HAMAS vakili xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Barhum to‘rt kun avval yaralangan va shuning uchun shifoxonaga yotqizilgan bo‘lgan. Isroil armiyasi HAMAS rahbariyati vakillarini aniqlash uchun razvedka ma’lumotlarini to‘plaganini va hujumdan oldin shifoxonaga zararni minimallashtirishga harakat qilganini ma’lum qildi.

HAMAS nazoratidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi portlash natijasida shifoxonadagi xodimlar ham jarohatlanganini haqida ma’lumot berdi.

Isroil tomonidan HAMAS a’zolari shifoxonalardan qurol-aslaha omborlari va qo‘mondonlik markazlari sifatida foydalanishi haqida bir necha bor ayblovlar bildirilgan. Ammo HAMAS bu da’volarni rad etib kelgan.

Shuningdek, 23 mart kuni Xan-Yunusga berilgan yana bir zarba natijasida HAMAS rahbariyatining yana bir a’zosi – Saloh al-Bardavil ham o‘ldirilgan edi.

Isroil 18 mart kuni HAMAS bilan tuzilgan sulh buzilganidan so‘ng G‘azo sektoridagi harbiy operasiyani qayta boshladi.

Kiritildi: 11:32 24.03.2025. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!