Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bayrutdagi portlashda Niderlandiya elchisining rafiqasi jiddiy jarohat oldi

Bayrutdagi portlashda Niderlandiya elchisining rafiqasi jiddiy jarohat oldi

Niderlandiyaning Livandagi elchisining rafiqasi Bayrutdagi portlashda jiddiy jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Reuters” Niderlandiya tashqi ishlar vazirligi vakillariga asoslanib.

Agentlikka ko‘ra, elchining rafiqasi hozirda kasalxonada. Niderlandiya diplomatik vakolatxonasining to‘rt xodimi ham tan jarohati olgan. Ta’kidlanishicha, portlash elchixona binosiga jiddiy zarar yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, Livanning dengiz bazasi yaqinidagi Bayrut porti hududida eng kuchli portlash yuz berdi, natijada o‘nlab uylar va mashinalar vayron bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi vafot etdi, 4 mingdan ortiq odam jarohatlandi.

Mamlakatda motam e’lon qilindi.

Kiritildi: 20:00 05.08.2020. O'qildi: 2548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!