Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bayrut yaqinidagi qamoqdan 40 dan ortiq mahbus qochib ketdi. Natijada...

Bayrut yaqinidagi qamoqdan 40 dan ortiq mahbus qochib ketdi. Natijada...

Livanning Baabda shahrida 40 mahbus va bir sudlanuvchi qamoqdan qochib ketishdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, hujumchilar qo‘riqchilarni kameralarga qamab qo‘yishgan, ulardan birini esa qattiq kaltaklashgan.

Ma’lum qilinishicha, xavfsizlik kuchlari ta’qibidan qochib qutulish uchun mashina o‘g‘irlashgan jinoyatchilardan besh nafari ushbu avtoulov bilan Xadat hududidagi daraxtga urilib, baxtsiz hodisa natijasida vafot etishgan. Yana bir qochqin esa og‘ir jarohat olgan.

Hozirgacha bir necha qochqin qo‘lga olingan. Xavfsizlik kuchlari mahbuslarni qidirish va hibsga olish bo‘yicha operasiya o‘tkazilayotgan qamoqxona hududi va uning atrofini o‘rab olgan.

Kiritildi: 20:47 21.11.2020. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!