Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Bayram kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

A A A
Bayram kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu yil "Chilla" davri salqin ob-havo bilan boshlandi.

25 iyun kuni Kavkaz hududlaridan salqin havoning yana bir qismi kirib kelishi hisobiga havo harorati 29-32 darajagacha, ba’zi joylarda esa undan ham pastroq bo‘ladi. Kechasi va ertalab salqin havo yaxshi sezilmoqda, hududlarning katta qismida harorat kechasi 15-18 darajaga pasaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida kunduzgi harorat 40-42 daraja bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turdi. Respublikaning bir qator tumanlarida biroz yomg‘ir yog‘di.

Bugun respublika bo‘yicha harorat 30-33 daraja, janubda 39-41 daraja bo‘lgan salqin ob-havo saqlanib turadi.

27 iyun-30 iyun kunlari havo harorati biroz ko‘tariladi va 34-37 daraja, janubda 39-41 darajagacha atrofida bo‘ladi.

Faqat shanba va yakshanba kunlari 1-2 iyulda O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va kunduzgi harorat yana 38-40 darajagacha, janubda ba’zi joylarda 42 darajagacha ko‘tariladi.

Ushbu haftaning oxirigacha respublika bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi hududlari bilan chegaradosh tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 26-28 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26 iyunda shimolda, 27-29 iyunda respublikada ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi 32-34 daraja, 27 iyun-30 iyunda 34-37 daraja, 1-2 iyulda 37-40 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 11:10 26.06.2023. O'qildi: 1604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!