AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden prostata bezidagi "kichik tuguncha" tufayli tekshiruvdan o‘tdi.
"Bayden o‘tgan juma kunini Filadelfiyadagi kasalxonada o‘tkazdi, chunki uning prostata bezida "kichik tuguncha" topildi, bu esa "qo‘shimcha tekshiruvlar"ni talab qildi," - deb yozadi The New York Times uning ismi oshkor etilmagan vakiliga tayanib.
Nashr suhbatdoshi siyosatchining tekshiruvi va davolanishi tafsilotlariga izoh berishdan bosh tortdi.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, uning yoshidagi erkaklar ko‘pincha prostata bezi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi.