AQSh prezidenti Jo Baydenning iti Kommander Oq uyda Maxfiy xizmat agentini tishlab oldi, deb xabar bermoqda CNN. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu nemis ovcharkasining tishlashi bilan bog‘liq 11-holat.
AQSh Maxfiy xizmatining aloqa bo‘limi boshlig‘i Entoni Gulelmining so‘zlariga ko‘ra, 25-sentyabr kuni maxsus xizmat a’zosi Baydenlar oilasining «iti bilan o‘ynagan», shundan so‘ng it uni tishlab olgan.
«Ofiserga keng qamrovli tibbiy yordam ko‘rsatildi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Maxfiy xizmat elektron qaydlari va CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Kommander Oq uy va Delaverda kamida 11 marta odamlarni tishlab olgan, jumladan 2022 yil noyabr oyida it bir ofiserning qo‘llari va sonidan tishlaganidan keyin u kasalxonaga yotqizilgan.
The New York Post nashrining xabar berishicha, it 2022 yilning oktyabridan 2023 yilning yanvarigacha to‘rt oy ichida kamida yetti kishini tishlagan, jumladan, Oq uyda xavfsizlikni ta’minlaydigan Maxfiy xizmatning bir necha agentlarida itning agressiyasi haqida savollar tug‘ilgan.
AQSh birinchi xonimi Jill Baydenning matbuot kotibi Elizabet Aleksandrning aytishicha, ushbu epizodlardan so‘ng prezident oilasi itni tez-tez bog‘lab qo‘yishni, qo‘shimcha mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish va it yuguradigan maydonlarni cheklashni boshladi.