Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Baydenning Yevropadagi bosh maslahatchisi iste’foga chiqdi

A A A
Baydenning Yevropadagi bosh maslahatchisi iste’foga chiqdi

AQSh prezidenti Jo Baydenning Yevropa masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi Amanda Slout iste’foga chiqishga qaror qildi.

Bu haqda Politico gazetasi amaldorning o‘ziga tayanib xabar bermoqda.

Slout prezidentligi boshlanganidan beri Jo Baydenning jamoasida ishlagan va AQShning Yevropadagi ittifoqchilari bilan aloqalarni tiklash va Rossiyaga qarshi “yagona front” qurish uchun mas’ul bo‘lgan.

"Bu ajoyib uch yil bo‘ldi, lekin vaqt keldi. Men charchadim", dedi Slout.

Slout Baydenga Yevropaga sakkizta safarda, jumladan, NATOning beshta sammitida va Yevropa Ittifoqining ikkita sammitida hamrohlik qilgan.

Kiritildi: 11:11 10.11.2023. O'qildi: 1438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!