Nyu-Orleandagi teraktni amalga oshirgan shaxs ko‘p yillar davomida AQSh Qurolli Kuchlarida xizmat qilgan, dedi AQSh yetakchisi Jo Bayden.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi chiqishdan oldin tahdidli video yozib olgan.
Bundan tashqari, TASSning yozishicha, Amerika yetakchisi Amerika Qo‘shma Shtatlari maxsus xizmatlari Nyu-Orleandagi terakt va Las-Vegasdagi portlash o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini o‘rganayotganini qo‘shimcha qildi.