Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh Mudofaa vazirligiga o‘zidan oldingi prezident Donald Trampning xavfsizligini xuddi hozirgi davlat rahbari bo‘lganidek ta’minlashga yordam berishni buyurdi.
"Menga qarang, men vazirlikka unga zarur bo‘lgan hamma narsani berishlarini aytdim. U amaldagi prezident bo‘lgandek," - deya ishontirdi demokrat Bayden Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, undan Pentagon respublikachi Tramp saylov shtabining harbiy samolyotlar va avtomobillar taqdim etish haqidagi so‘rovini bajarishi yoki bajarmasligini so‘rashdi. "Agar bu (so‘ralgan texnika) ushbu toifaga to‘g‘ri kelsa, juda yaxshi. Agar yo‘q bo‘lsa, unga (Tramp) bunday harbiy texnikani taqdim etmasligi kerak," - dedi u.
Qo‘shma Shtatlarda navbatdagi umumiy saylovlar 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Prezidentlik uchun respublikachi Donald Tramp va demokrat Kamala Xarris kurash olib boradi. Tramp 2017-2021 yillarda AQShning 45-prezidenti bo‘lgan. 2020 yilgi saylovlarda u AQShning amaldagi rahbari, demokrat Jo Baydenga yutqazib qo‘ydi va hozirda Oq uyga qaytishga harakat qilmoqda. Xarris Baydenning vitse-prezidenti hisoblanadi.