AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi mojaro Rossiyaning g‘alabasi bilan yakunlanishi mumkinligini rad etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Bu haqda Amerika yetakchisi Britaniya bosh vaziri Key Starmer bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan urushda g‘alaba qozona olmaydi" - deb ta’kidladi Bayden.
Avvalroq Britaniya bosh vaziri va AQSh rahbari uchrashuv chog‘ida Kiyevni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagani, biroq Ukrainaning Rossiya hududiga zarba berishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish bo‘yicha qarorni e’lon qilmagani ma’lum bo‘lgan edi.
Iyul oyida Bayden Rossiyani Ukraina mojarosida yutqazgan tomon deb atagan edi. U, shuningdek, Kiyev NATOning to‘liq ko‘magida Moskvani "to‘xtata" olishiga ishonch bildirdi.