AQSh prezidenti Jo Bayden mahalliy hokimiyatlarga shtatda sodir bo‘lgan kuchli yong‘inlar oqibatlarini yengishga yordam berish uchun Kaliforniyada keng ko‘lamli ofat rejimi joriy etilganini e’lon qildi.
Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar vaqtinchalik uy-joy, uylarni ta’mirlash uchun grantlar, sug‘urta bilan qoplanmagan zararni qoplash uchun past foizli kreditlar, shuningdek, o‘z xo‘jaliklari va bizneslarini tiklash uchun boshqa yordam olishlari mumkin bo‘ladi.