Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Bayden ikki jinoiy ish bo‘yicha sudlangan va hukmni kutayotgan o‘g‘li Xanter Baydenni afv etdi

Bayden ikki jinoiy ish bo‘yicha sudlangan va hukmni kutayotgan o‘g‘li Xanter Baydenni afv etdi

AQSh prezidenti Jo Bayden ikki jinoiy ish bo‘yicha sudlangan va hukmni kutayotgan o‘g‘li Xanter Baydenni afv etdi.

«Bu lavozimda ishlagan birinchi kunimdanoq men Adliya vazirligi qaror qabul qilishiga aralashmasligimni aytdim va hatto o‘g‘limning tanlab va adolatsiz ta’qib qilinayotganini kuzatganimda ham o‘z so‘zimda turdim», — dedi Bayden.

Centyabr oyida Baydenning o‘zi ham, uning matbuot kotibi ham o‘g‘lini afv etish to‘g‘risida farmon chiqarmoqchi emasligiga ishontirgan edi.

Iyun oyida hakamlar hay’ati Xanter Baydenni qurol sotib olayotganda giyohvand bo‘lganligini yashirganlikda aybdor deb topdi. Kichik Bayden AQSh tarixidagi amaldagi prezidentning jinoyatda aybdor deb topilgan birinchi o‘g‘liga aylandi.

Keyin, sentyabr oyida Xanter Baydenning o‘zi yana bir ishda – soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda aybini tan oldi.
Yakshanba kuni kechqurun e’lon qilingan bayonotda Jo Bayden o‘g‘lining sudlari «siyosat bilan bulg‘angan» va shuning uchun noto‘g‘ri qarorlar bilan yakunlanganini da’vo qilmoqda.
“Bu hafta oxirida men bu qarorni qabul qilganimda, uni boshqa kechiktirishning ma’nosi yo‘q edi. «Umid qilamanki, amerikaliklar ota va prezident nima uchun bunday qarorga kelganini tushunishadi», — deyiladi bayonotda.
Xanter Bayden, shuningdek, u giyohvand sifatida qilgan xatolaridan butun Bayden oilasini omma oldida kamsitish va sharmanda qilish uchun siyosiy maqsadlarda foydalanilganini aytdi.
«Menga nisbatan bugungi rahm-shafqatni hech qanday tarzda oddiy deb bilmayman va hayotimni hali ham kasal va azob chekayotganlarga yordam berishga bag‘ishlayman», dedi prezidentning o‘g‘li.

Kiritildi: Bugun 07:57. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!