Gila River rezervasiyasida nutq so‘zlagan AQSh prezidenti hindu bolalarni oq tanlilar jamiyatiga "assimilyasiya qilish" uchun maxsus maktab-internatlariga majburan joylashtirilgani uchun uzr so‘radi.
Qo‘shma Shtatlarda bunday amaliyot 1819 yildan 1969 yilgacha mavjud bo‘lgan. Butun mamlakat bo‘ylab 400 ga yaqin maxsus maktab-internatlari faoliyat yuritgan.
Oq uy rahbari maxsus maktab-internatlarni "Amerika tarixidagi dahshatli boblardan biri" deb atadi va ko‘pchilik amerikaliklar bu haqda hech narsa bilmasligini ta’kidladi.
AQSh Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 973 bola ushbu muassasalarda vafot etgan, ammo Bayden qurbonlarning haqiqiy soni "juda ham ko‘p" ekanligini aytdi.