Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bayden: AQSh Rossiya harakatlariga qarshi butun NATOni birlashtirdi

A A A
Bayden: AQSh Rossiya harakatlariga qarshi butun NATOni birlashtirdi

Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari Vashington va butun dunyo uchun "asrlarga teng" sinov bo‘ldi. Bu haqda AQSh prezidenti Jozef Bayden Kongressdagi chiqishida ma’lum qildi, deya yozmoqda "zamon.uz"

Amerika yetakchisi shu munosabat bilan Vashington "eng asosiy prinsiplarni himoya qilishi"ni ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShdagi siyosiy kuchlar Rossiya agressiyasiga qarshi yagona pozisiyasini saqlab qolmoqda.

Bayden nutqi davomida yig‘ilishda ishtirok etayotgan Ukraina elchisi Oksana Makarovaga murojaat qildi.

"U nafaqat o‘z davlatining, balki uning matonatli xalqining ham vakili hisoblanadi. Amerika sizni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashgan", — degan prezident.

Shuningdek, siyosatchi qancha zarur bo‘lsa, shuncha payt Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Bayden Rossiya harakatlariga qarshi NATO davlatlari birlasha olganini qayd etgan.

Kiritildi: 07:52 09.02.2023. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!