Bugun 18 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Baxtiyor Saidov IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Shu yilning 27 oktyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon janoblari bilan uchrashdi.

Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Uchrashuvda o‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” mavzusidagi IHT 16-sammiti tashkilot darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining IHT doirasidagi tashabbuslarini hayotga tatbiq etish, samarali hamkorlikning amaliy jihatlarini ishlab chiqish zarurligi, bo‘lajak tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 10:02 28.10.2024. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!