Bu haqda Focus Online nashri xabar berdi.
"Hujum oqibatida to‘rt kishi jarohatlangan, hujumchi qo‘lga olingan. Hodisa Shtraubing va Plattling shaharlarini bog‘lovchi temir yo‘l yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Poyezd taxminan 500 yo‘lovchi bilan Venaga yo‘l olayotgan bo‘lgan, jarohatlanganlar kasalxonaga yetkazilgan", deya xabar bermoqda nashr.
Shtraubingdagi Birlashgan boshqaruv markazi vakili hodisa joyida taxminan 150 nafar mutaxassis ishlayotganini ma’lum qilgan.