Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barselona" Ronalduni sotib olishni istagandi, lekin...

A A A
"Barselona" Ronalduni sotib olishni istagandi, lekin...

Madrid klubining sobiq prezidenti Ramon Kalderon portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning "MYu"dan "Barselona"ga o‘tmay qolgani haqida gapirdi. Uning so‘zlarini Marca nashri keltirdi.

Kalderonning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson Ronaldudan kataloniyaliklar safiga o‘tishni so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fergyusonga "Real"ning o‘yin uslubi yoqmagan. "Barselona" Ronalduni sotib olishni istagandi, ammo Krishtianu Madridda o‘ynashni xohlayotganini aniq ko‘rsatdi", deb qo‘shimcha qildi Kalderon.

Ronaldu "Real"ga 2009 yilda 94 million yevro evaziga qo‘shilgan. Portugaliyalik futbolchi "Real"uchun 438 ta o‘yin o‘tkazgan va 450 ta gol urgan. Jamoa bilan birgalikda to‘rt marta Chempionlar Ligasini yutdi. Madrid klubidagi to‘qqiz mavsumdan so‘ng Ronaldu "Yuventus"ga o‘tdi.

Kiritildi: 13:10 18.04.2020. O'qildi: 4157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!