«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Diario Sport xabariga ko‘ra, «Barselona» klubi angliyalik hujumchi bilan aloqaga chiqqan. Kataloniya jamoasi rahbariyati futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, Markusni ijaraga olish masalasini muhokama qilgan. Joan Laportaning tashabbusi bilan «Barselona» sport direktori Deku tez orada ijara masalasida «MYu» rahbariyati bilan muzokara o‘tkazmoqchi.
Qayd etish joiz, ushbu o‘tish amalga oshishi uchun Kataloniya klubi avvalo Reshfordning katta maoshi borasida ingliz klubi va futbolchi bilan kelishishi talab etiladi.
Avvalroq, Reshfordga «Yuventus», «Milan» va «Borussiya Dortmund» klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.