«Barselona» klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida asosiy transfer maqsadini belgilab olgan.
El Chiringuito TV xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi yozda Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy kirishadi. «Atletik» va Ispaniya milliy jamoasining vingeri «Barsa»ning asosiy transfer nishoniga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» ushbu o‘yinchini yozda o‘z safiga qo‘shib olishga intilgan, ammo futbolchining o‘zi «Atletik»da qolishga qaror qilgandi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli vinger joriy mavsum La Ligada 11 o‘yinda bitta gol va assist qayd etdi.