Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Barselona" muhim futbolchisini 6 haftaga yo‘qotdi

A A A
"Barselona" muhim futbolchisini 6 haftaga yo‘qotdi

Gavi tizzasidan olgan jarohati tufayli olti haftagacha safdan chiqishi mumkin.

Avvalroq, "Barselona" xavbeki o‘ng tizzasida og‘riq sezayotgani ma’lum bo‘lgandi. U La Ligada "Rayo Valyekano" bilan o‘yinni o‘tkazib yubordi, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi o‘yinlarida ishtirok etmadi.

Marca xabariga ko‘ra, Gavi konservativ davolanmoqda va olti haftagacha safdan chiqishi mumkin. Operasiya qilish imkoniyati ham istisno etilmaydi. Keyingi hafta so‘nggi kunlardagi dinamikani baholash uchun yangi tibbiy yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, bu eski jarohatning qaytalanishi emas, balki yangi shikastlanish - og‘riq manbai o‘ng tizzaning boshqa zonasida joylashgan.

Gavi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:48 12.09.2025. O'qildi: 1172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!