Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Barselona» moliyaviy muammolar sabab asosiy himoyachisini sotib yuborishi mumkin

«Barselona» moliyaviy muammolar sabab asosiy himoyachisini sotib yuborishi mumkin

Himoyachi Jyul Kunde «Chelsi» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Marca nashrining xabariga ko‘ra, London klubi yozgi transfer oynasi oldidan fransuz futbolchisini faol kuzatib bormoqda.

«Ko‘k-anorranglilar» lagerida futbolchi jamoani tark etishi mumkinligi haqida belgilar paydo bo‘lgan. Sababi, «Barselona» moliyaviy feyr-pley talablarini bajarish uchun qaysidir yulduzini katta mablag‘ evaziga sotishga majbur.

Jyul Kunde 2022 yilda «Sevilya»dan 50 million yevro evaziga «Barselona»ga o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi «Barselona» safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:42 02.05.2026. O'qildi: 174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!