Kataloniyaning "Barselona" klubi rekonstruksiya qilinayotgan "Kamp Nou"ga qaytdi.
"Ko‘k-anorranglilar" bugun, 7 noyabr kuni yangi stadionida ilk bor muxlislari uchun ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.
Ushbu jarayonlarni tomosha qilish uchun 21,795 nafar muxlis tashrif buyurdi.