Klub jamoaning asosiy o‘yinchilari bilan kelishuvni uzaytirish arafasida.
"Barselona" klubi Ronald Arauxo va Pedri bilan yangi shartnoma imzolaydi. Urugvaylik himoyachining yangi shartnomasi 2030 yilning iyun oyiga qadar davom etadi. Marca nashrining xabar berishicha, Pedri ham xuddi shu davrga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolash arafasida.
"Barsa" sport direktori Deku yuqoridagi o‘yinchilar bilan kelishuvga erishib bo‘lgan. Klub yaqin kunlar ichida shartnomalar uzaytirilganini e’lon qiladi.