Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

"Barselona" himoyachisi "Liverpul"ga o‘tmoqda

"Barselona" himoyachisi "Liverpul"ga o‘tmoqda

«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini «Liverpul»da davom ettiradi.

Angliya grandi «ko‘k-anorranglilar» bilan urugvaylik futbolchini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi taniqli insayder Fabrisio Romano. Bitim og‘zaki ravishda kelishib bo‘lingan, hujjatlar bir sutka ichida rasmiylashtiriladi va imzolanadi. Shartnomaga majburiy bo‘lmagan sotib olish huquqi punkti kiritilgan.

Ronald Arauxo 2018 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi Xans-Diter Flik jamoasi tarkibida barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi. Futbolchining kataloniyaliklar grandi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!