"Barselona" sobiq futbolchisi Andres Inyesta moliyaviy firibgarlik ishida gumonlanuvchi deb topildi.
Bu haqda "El Pais" xabar berdi.
Afsonaviy ispan Perudagi moliyaviy firibgarlik bo‘yicha tergovning asosiy ishtirokchilaridan biriga aylandi. Huquqni muhofaza qilish organlari futbolchining "Never Say Never" kompaniyasi va uning sho‘’ba korxonasi "NSN South America" ustidan tergov olib bormoqda.
Peru prokuraturasi afsonaviy ispaniyalikning nomidan ko‘ngilochar tadbirlarga sarmoya jalb qilish uchun foydalanilgan deb hisoblaydi, lekin ularning aksariyati muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan. Natijada mahalliy tadbirkorlar 600 000 dollardan ortiq zarar ko‘rgan.
Bundan tashqari, "NSN South America" bankrotlik e’lon qildi. Inyesta hali vaziyat bo‘yicha izoh bermadi.